• Katalog yuklab olish

    LOADING IMAGES
    foto BioLOS 1 foto BioLOS 2 foto BioLOS 3 foto BioLOS 4 foto BioLOS 5

    BioLOS biologik tozalash stantsiyalari o’rta darajada kirlangan maishiy oqava suvlarni tozalash uchun mo’ljallangan. Ular ko’pincha maktablar, bolalar bog’chalari, sanoat korxonalari va fabrikalardan maishiy oqava suvlarni tozalash uchun ishlatiladi. BioLOS – ko’p bosqichli tozalashga asoslangan qurilma. 

    BioLOS biologik tozalash stansiyalari O’zbekistonda qulayligi, samaradorligi va ekologik xavfsizligi bilan sanoat korxonalari orasida juda mashhur. Mahalliy BioLOS tozalash qurilmalari ommalashib bormoqda va ularning soni Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida kundan kunga ortib bormoqda.

    Barcha texnologik jihozlar blokli tayyor modulda joylashgan bo’lib, u oldindan tayyorlangan maydonchada o’rnatilishi sababli ushbu stantsiyalarning montaj jarayoni oson. Ichki quvurlar ulangan bo’ladi, faqatgina tashqi tarmoqlarga ulash kerak bo’ladi xolos. Tozalash uchun suv bosim ostida beriladi, shuning uchun nasos stantsiyasini ta’minlash kerak. Stantsiya ichida kaskad usulida suv bir bo’limdan ikkinchisiga harakat qiladi.

    BioLOS stantsiyalarining afzalliklari:

    1. Tanklarni ishlab chiqarilishida zanglamaydigan metal, polietilen, polipropilendan foydalaniladi. Zanglashga moyil bo’ladigan uglerodli metaldan foydalanilmaydi.  
    2. Loy uchun mo’ljallangan tank stabilizatorining mavjudligi. Faol loy bilan bog’liq muammolar yuzaga kelganda stantsiyani tezda qayta ishga tushirishga imkon beradi.
    3. Barcha tanklar va jihozlar 40 futlik yuk tashish konteyneriga joylashtiriladi, bu esa shamollatgichlar va kommutatorlar uchun qo’shimcha xonalarni qurish zaruratini yo’q qiladi.

    ZAVOD TEHMASH kompaniyasi BioLOS biologik tozalash qurilmalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bizning malakali mutaxassislarimiz ushbu sohada katta tajribaga ega va siz uchun optimal yechimlarni taklif qilishga tayyor. Mahalliy BioLOS tozalash qurilmalariga buyurtma berish uchun biz bilan hoziroq bog’laning. 

    Mahalliy tozalash qurilmalari BioLOS
    1. Me’yorlashtirgich
    2. Denitrifikator
    3. Nitrifikator
    4. Ikkilamchi tindirgich
    5. Qo’shimcha tozalash bloki
    6. Loyqa stabilizatori
    7. UF zararsizlantirish bloki
    8. Dezifikant dozalash bloki
    9. Kontakt rezervuari

    ME`YORLASHTIRGICH

    Me`yorlashtiruvchi qurilma kiruvchi oqova suvlarining samaradorligi va tarkibini tenglashtirish uchun mo‘ljallangan. Oqova suvlar me`yorlashtirgichga aholi tomonidan suv iste'moli jadvaliga qarab, turli soatlik sarf bilan kiradi. Me`yorlashtirgichdan esa suv doimiy sarf bilan, o‘rtacha soatlik suv sarfiga teng miqdorda uzatiladi. Me`yorlashtiruvchining mavjudligi suvni biologik tozalashga maksimal barqarorlikda uzatishni ta'minlaydi, bu esa biologik tozalash sifatini yaxshilaydi. Me’yorlashtirgichda kirishda xas-choʻplarni tutib qoluvchi savat o’rnatilgan uning, teshigi KNS dagidan ham kichiqroq. Savat chiqindilarni mexanik tozalash vazifasini bajaradi

    DENITRIFIKATOR

    Me’yorlashtirgichdan so'ng oqava suv denitrifikatorga kiradi, bu yerda nitrifikatordan resirkulyatsiya oqimi va ikkilamchi tindirgichdan faollashtirilgan loyqa qo'shiladi. Denitrifikator doimo chiqindi suv va loyqani aralashtirib, denitrifikatsiya jarayonlari uchun maqbul sharoitlarni yaratadi

    NITRIFIKATOR

    Denitriifikatordan oqava suvlari aralashmasi nitriifikatorga o‘tadi, u yerda ularni tozalash jarayoni faollashtirilgan loy yordamida amalga oshiriladi. Bu bo‘limga aerobakteriyalarning hayot faoliyati uchun havo ta'minlanadi. Nitrifikatorning quyruq qismiga doimiy hajmda ishlaydigan qayta aylantirish nasosi o‘rnatiladi

    Ikkilamchi tindirgich

    Nitrifikatordan so'ng suv ikkilamchi tindirgich idishga kiradi, bu yerda idishning shakli tufayli oqim yo'nalishi o'zgaradi, suv avval pastga, keyin esa yuqoriga qarab harakatlanadi va shu bilan faollashtirilgan loyqa ajralib tankining pastki qismiga cho'kadi. Cho'kma loyqa denitrifikatorga bosim ostida o'tkaziladi va tozalangan suv keyingi tozalash jarayoniga beriladi..

    QO'SHIMCHA TOZALASH

    BioLOS - 5, 10, 15, 20, 30 qurilmalarida qo’shimcha tozalovchi sifatida qum filtri ishlatiladi, uning yordamida suv qum qatlamidan o'tib, mayda ifloslantiruvchi moddalardan xalos bo'ladi. BioLOS-50 da baraban mikrofiltridan foydalanadi.To'rli barabanli filtrlarning ishlash prinsipi quyidagicha: ishlov beriladigan suv kirish quvuri orqali uzluksiz ravishda baraban ichiga kiradi, to'rli filtrlash elementlari orqali filtrlanadi va qurilma kamerasiga tushadi, u yerdan suv oqimi orqali tozalangan suvni olib ketadigan kanalga tushadi. To'rli filtr barabani suvga to'liq botmagan - uning yuqori qismi suv ustida joylashgan (taxminan diametrning 0,15 qismiga). Filtrlash elementi yuqori holatda bo'lganda, ifloslanishlar yuvish qurilmasidan keladigan suv oqimi bilan barabanning ichki qismida joylashgan bunkerga yuviladi, u yerdan oqava quvurga tushadi va kanalizatsiyaga chiqariladi. To'rli barabanlar filtrlash to'rining ifloslanish darajasiga qarab davriy ravishda yuvilad

    ZARARSIZLANTIRISH

    BioLOS qurilmalarida biologik tozalangan suvni zararsizlantirishning asosiy usuli UF dezinfeksiyasidir. Shuning uchun, qayta tozalashdan so'ng, UF dezinfektsiyali lampalar o'tadi, ultrabinafsha nurlar bilan to'yinganligi sababli bakteriyalar yo'q bo'ladi. Va chuqurroq dezinfeksiya qilish uchun ultrabinafsha nurlanishidan keyin suv kontaktga beriladi u yerda gipoxlorit eritmasi qo'shiladi. Dezinfektsiyaning har bir turi dezinfeksiyaga bo'lgan to'liq ehtiyojni qoplaydi, shuning uchun ikkala usulni bir vaqtning o'zida qo'llashning hojati yo'q. Ish paytida siz ushbu dezinfektsiya variantlaridan birini tanlashingiz mumkin yoki agar dezinfeksiya uchun talablar oshirilsa yoki dezinfeksiya turlaridan biri ishlamay qolish xavfi mavjud bo'lsa, ikkala usuldan foydalansa bo'ladi.

    LOYQA STABILIZATORI

    Loyqa stabilizatori ortiqcha loyqani saqlash va stabillash uchun mo‘ljallangan, u ichki qismiga aeratorlar o‘rnatilgan idishdan iborat. Zarurat tug‘ilgan taqdirda stabilizatorda saqlanayotgan loyqa boshqa tozalash inshootidan loyqa keltirish zaruratisiz tozalash inshootini qayta ishga tushirishga yordam beradi. Loyqa stabillashtirilganda suvini qochirish jarayonlari osonroq kechadi, shuning uchun stabilizator keyinchalik cho‘kindi suvini qochirishda muhim bosqich hisoblanadi

    CHO‘KINDILARNI SUVSIZLANTIRISH

    Cho‘kmani suvsizlantirish stabilizatsiyalangan balchiqdan suvni ajratish uchun mo‘ljallangan. Cho‘kmani suvsizlantirishning ikki varianti mavjud: qopchali va shnekli suvsizlantirish. Suvsizlantirish qurilmasining variantini tanlash tozalash qurilmasining unumdorligiga bog‘liq.

    Cho’ktirma nasos

    Cho’ktirma nasos

    Aylanadigan puflagich

    Aylanadigan puflagich

    Aralashtirish moslamasi

    Aralashtirish moslamasi

    Baraban mikrofiltri

    Baraban mikrofiltri

    Reagent dozalash stantsiyasi

    Reagent dozalash stantsiyasi

    UF dezinfektsiyalash moslamasi

    UF dezinfektsiyalash moslamasi

    Xaltali suvsizlantiruvchi

    Xaltali suvsizlantiruvchi

    So'rov qoldiring va menejerimiz siz bilan imkon vaqtida tezroq bog'lanadi.

    Qayta
    aloqa